14:20 / 10.11.2016
10 171

Olimlar falajni davolashning yo‘lini topishdi

Olimlar falajni davolashning yo‘lini topishdi

Olimlarning xalqaro guruhi elektrostimulyasiya va jismoniy mashqlar majmuasi yordamida falajni davolash yo‘lini o‘ylab topishdi. Tajriba falaj bo‘lib qolgan makaka (maymun turi)da o‘tkazildi va uning natijalari Nature ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Olimlar miyadan kelayotgan signallarni qabul qilishga va uni tananing falaj bo‘lib qolgan qismiga yo‘naltirishga mo‘ljallangan maxsus chip o‘ylab topishdi. Bu safar olimlar o‘z ishlanmalarini umurtqa jarohati sabab falaj bo‘lib qolgan makakada qo‘llashdi.

Tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan chip tana harakatini boshqaradigan neyronlar zanjirini qayta harakatga keltirishga undaydi. Mazkur metodni qo‘llash ildiz hujayralariga zarar etkazmasdan yoki jarrohlik usuliga murojaat etmasdan falajni davolash imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar falajni davolashning yo‘lini topishdi