
Majburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.Y.dan undiruvchi M.Yu. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta’minoti uchun har oyda ¼ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor erkak qarzdorlikni qoplamasdan bo‘yin tovlab yurganligi va qarzdorni topishni imkoni bo‘lmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
Qidiruv natijasiga ko‘ra, alimentchi ota Jizzax viloyati, Arnasoy tumanida ekanligi aniqlanib, Toshkent shahriga olib kelindi.
Davlat ijrochisi B.Alimardonov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida, qarzdordan 3.000 AQSH dollari miqdoridagi alimentdan bo‘lgan qarzdorlik undirildi va undiruvchi foydasiga o‘tkazib berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar