15:00 / 13.03.2025
228

O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun yuboriladi

O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun yuboriladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Xorvatiyaning mamlakatdagi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Refik Shabanovich bilan video-konferens-aloqa formatida uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvning asosiy kun tartibidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin oldi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natishning tashkiliy masalalari va qonunchilik bazasini yaratish maqsadida mutaxassislarni jalb qilish muhokama qilindi.

Tomonlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish va ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etdilar.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat