17:44 / 17.03.2025
91

1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi
“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2025 yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

▪️2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash;
▪️250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
▪️250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish;
▪️50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish.

HAMROH tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan:
  • xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yiladi;
  • ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi;
  • ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo‘lga qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat