13:47 / 20.03.2025
94

Xonqada besh yillik 132 mln so‘m aliment puli bir yo‘la to‘lab berildi

Xonqada besh yillik 132 mln so‘m aliment puli bir yo‘la to‘lab berildi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-son Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida alimentlarni besh yildan kam bo‘lmagan muddat uchun oldindan to‘lash mumkinligi ko‘rsatilgan.

Qonunchilikdagi mazkur tartib Byuroning Xonqa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan ham aliment to‘lovchi fuqarolarga muntazam tushuntirib borilmoqda.

Natijada, xonqalik fuqaro ixtiyoriy ravishda farzandi uchun 5 yillik aliment pullarini to‘lab berdi.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 27.06.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor R.R.dan undiruvchi F.D. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Davlat ijrochisining tushuntirish ishlari natijasida qarzdor R.R. bir nafar farzandining ta’minoti uchun 2025 yil mart oyidan 2030 yil mart oyiga qadar hisoblangan 132.270.000 so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat