
Navro‘z ayyomi – ezgulik, saxovat va yangilanish fasli. Ayni shu kunlarda ustoz va muallimlarning mashaqqatli mehnatini qadrlash, ularning haq-huquqlarini ta’minlash yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo, afsuski, barcha rahbarlar ham buni anglayvermaydi. Do‘stlik tumanidagi umumta’lim maktabi rahbariyatining e’tiborsizligi oqibatida o‘qituvchi o‘z haqini talab qilish uchun sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Sudning qonuniy qaroriga asosan Majburiy ijro byurosi Do‘stlik tumani bo‘limining keskin choralari natijasida adolat tiklandi va o‘qituvchining 115 mln so‘mlik oylik ish haqi Navro‘z arafasida undirib berildi.
Shuni unutmaslik kerakki, o‘z vaqtida to‘lanmagan ish haqi – bu nafaqat xodimning moddiy zarari, balki uning qonuniy huquqlarining buzilishidir. Majburiy ijro byurosi bu kabi holatlarga toqat qilmaydi va qonun doirasida barcha choralarni ko‘radi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar