
Ramazon oyi – mehr-oqibat, kechirimlilik va saxovat fasli. Bu oyda insonlar bir-birlariga nisbatan yana-da eʼtiborli bo‘lishadi, o‘zaro adovat va kelishmovchiliklarni unutishga harakat qilishadi.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarzdor M.S.dan undiruvchi foydasiga farzandining taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan ijro hujjati byuroning Zarbdor tumani bo‘limiga kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan taraflarning qonunchilikdagi huquq va majburiyatlari bilan bir qatorda oila muqaddas dargohligi, shoshma-shoshar qarorlar chiqarmaslik va farzandlarning baxti uchun er-xotin bir oila bo‘lib yashashlari tushuntirildi.
Ramazon oyining fayzi va ijrochining saʼy-harakatlari tufayli er-xotin yarashib, ijro hujjatini qaytarib olish uchun murojaat qilishdi va ijro hujjati undiruvchiga ijrosiz qaytarildi.
Ramazon OyiMehr-OqibatKechirimlilik Va SaxovatOilalarni TiklashFuqarolik IshlariBaxtli Oila O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar