
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Davlatobod tumanidagi zapravkada yuz bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 25 mart kuni soat 17:58 da Davlatobod tumani «Nurobod» MFY Ququmboy shohko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida Damas rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:03 da hodisa joyiga yetib borgan va soat 18:06 da yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida Damas avtomobili to‘liq yonib zararlangan.
«Yong‘in oqibatida kuyib, tan jarohati olgan va vafot etganlar kuzatilmadi. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar