date
views 18 065

Zarina Nizomiddinova shilqim yigitlardan qanday qutulishini aytdi

Zarina Nizomiddinova shilqim yigitlardan qanday qutulishini aytdi

Aktrisa Zarina Nizomiddinova «Shok.uz» saytiga bergan intervyusida nima uchun bir vaqtlar qo‘riqchi yollagani-yu, so‘ng ularning xizmatidan voz kechgani haqida gapirdi, deydi "Diydoraziz" nashri.

«Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, ko‘p xonandalarimiz qo‘riqchi bilan yuradi. ‘Administratorim’ deb tanishtirishsa-da, lekin ular qo‘shimchasiga qo‘riqchilik ham qiladi. Bir-ikki marta menga yoqmaydigan voqea-hodisalar bo‘ldi, yigitlar yoqmaydigan gaplarni aytishdi, shilqimliklar qilishdi. Shundan keyin men ham qo‘riqchi bilan yuraqolay, degan qarorga keldim», — deydi aktrisa.

«Ikki marta, shekilli, qo‘riqchidan foydalandim, lekin qo‘riqchi bilan yurish menga yoqmadi. Bu narsa menga emas ekan. Birinchidan, erkinlikka o‘rganganman. Ikkinchidan, o‘sha shilqimlarga ahamiyat bersam, ular bilan adi-badi aytishsam, o‘zimga yomon. Yonimda qo‘riqchi bilan yurgandan ko‘ra, jahlim, fe’l-atvorim ustida ishlaganim yaxshiroq, degan fikrga keldim», — deya qo‘shimcha qildi Zarina Nizomiddinova.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarina Nizomiddinova shilqim yigitlardan qanday qutulishini aytdi