21:44 / 01.04.2025
71

Surishtiruv davomida 106 mln. so‘m aliment to‘liq undirildi

Surishtiruv davomida 106 mln. so‘m aliment to‘liq undirildi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi surishtiruv va ma’muriy amaliyot sho‘basi tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini ta’minlash, aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosi doirasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha sud qaroriga ko‘ra, bir nafar farzandi ta’minoti uchun voyaga yetgunga qadar hisoblangan zarar summasi to‘liq undirib berildi.

Fuqarolik ishlar bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, qarzdor X.T dan undiruvchi V.X foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur hujjat Byuroning Yangi Namangan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlari olib borilgan.

Biroq, qarzdor ota bir necha bor ogohlantirishga qaramay farzandi ta’minotidan bo‘yin tovlab kelgan. Unga nisbatan avval 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan. Undan so‘ng ham xulosa qilmay yana alimentni to‘lamay kelgan.

Endi qarzdor otaga jinoiy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun ish qo‘zg‘atilib, surishtirish harakatlari olib borildi. Aynan mana shu surishtiruv davomida ota xatosini tushunib yetdi va farzandi uchun aliment mablag‘ini voyaga yetgunga qadar to‘lashligini bildirib o‘tdi.

Olib borilgan targ‘ibot samara berib, 18 yoshga qadar hisoblangan 106 mln so‘m qarzdorlik to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat