
Foto: Videodan kadr
2025 yilning 3 aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani Thay ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilishi natijasida transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. To‘qnashuv natijasida haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar