
Denov tumanida yashovchi Sevara Botirova turmushidan ajrab, ota uyiga yolg‘iz farzandi bilan ko‘chib o‘tganidan so‘ng, bolaning moddiy ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.
Shundan so‘ng, bolaning aliment masalasi sud organlari orqali hal etilib, Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limida 2023 yil fevral oyidan boshlab sobiq turmush o‘rtog‘i N.Botirovdan aliment undirish belgilanadi.
Qarzdor ota farzandi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan alimentni doim kechiktirib, qachonki davlat ijrochilari bezovta qilganda qisman yoki bir necha oylab aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab keldi.
Shu boisdan Byuroning tuman bo‘limi tomonidan qarzdor otaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, uning oqibatlari tushuntirildi.
Bundan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota 7 oylik aliment qarzdorligi hamda turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda 2028 yilga qadar hisoblangan jami 80 million so‘mga yaqin alimentni oldindan to‘lab berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!