
Ish yurituvdagi soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash Majburiy ijro byurosi organlari oldida turgan ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Bu borada Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yaqinda olib borilgan ijro harakatlaridan so‘ng ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish jamiyatdan 44,8 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, boshqarma ish yurituvidagi "A.S.T" to‘qimachilik korxonasidan davlat foydasiga soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan.
Qarzdor korxonaga qonun talablari asosida 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Afsuski, ixtiyoriy muddatda qarzdor soliq qarzini to‘lamagan.
Oqibatda esa majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor jamiyat mol-mulki va bank aylanma mablag‘lariga taqiq solingan. Shundan so‘ng, jamiyatdan soliq bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik undirilib, budjetga yo‘naltirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar