date
views 1 439

Kadastr hujjatlari bilan poraxo‘rlik: Andijonda sobiq rahbar ushlandi

Kadastr hujjatlari bilan poraxo‘rlik: Andijonda sobiq rahbar ushlandi
Andijon shahrida huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Kadastr agentligining Andijon tumani bo‘limi sobiq rahbari A.M va uning hamkasi S. fuqaro N.A.dan pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, ular Andijon tumanidan bog‘dorchilik uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini turar-joy toifasiga o‘tkazib, rasmiy kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilgan. Bu ishni Respublika Kadastr palatasida ishlovchi tanishlari orqali amalga oshirishlarini aytib, evaziga jami 10 000 AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda fuqaro A.M va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, b” bandlari hamda 28, 211-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ular protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari ayni paytda davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat