
Angliya Premer-ligasining mashhur klublaridan “Tottenxem”da ichki muhit buzilgan. Bosh murabbiy Ange Postekoglu jamoada ichki gaplarni tashqariga olib chiqayotgan “kalamush” borligini va bu ishni kim qilayotganini deyali aniqlab bo‘lganini aytdi.
Postekoglu uchrashuvlar oldidan “Tottenxem”ning ichki vaziyati, jamoa o‘yinchilarining ahvoli, jarohatlanganlar haqidagi ma’lumotlarni tashqariga chiqarilayotgani raqiblarga qo‘l kelayotganini aytdi.
Avstraliyalik murabbiy klub mutasaddilari anchadan beri bu holatni o‘rganayotgani va tez orada natija ma’lum bo‘lishini ta’kidladi.
- Lagerimizda ichki ma’lumotlarni kimdir muntazam tarqatib turadi. Biz qidiruv doirasini toraytirib boryapmiz. Bu masalani anchadan beri o‘rganyapmiz va ma’lumotlar qanday sizdirilayotgani haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldik. Tez orada bunga barham beramiz, - dedi Agne Postekoglu.
Ta’kidlash joizki, joriy mavsum “Tottenxem” uchun juda og‘ir o‘tmoqda. Londonliklar kelasi mavsum Yevropa kuboklariga yo‘llanma beradigan o‘rinlarga da’vogarlik qila olmayapti va musobaqa jadvalining quyi qismiga tushib qolgan.