ў
Қ
қ
Ғ
ғ
Ҳ
ҳ


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatlariga asosan qarzdor “XO`JAYLI MAXSUS SUV PUDRAT” MCHJdan 10 ta ishchi xodimlarning foydasiga jami 221,5 mln. so‘m oylik ish haqilarini undirish belgilangan.
Shunga qaramasdan, javobgar "XO`JAYLI MAXSUS SUV PUDRAT" MCHJ tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan va ishchilarning ish haqilari to‘lab berilmagan.
Shunda, ular sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqalarning ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limiga topshirishgan va bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli “CLG 925 LL” rusumli ekskovator tegishli tartibda xatlovga olinib, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.
O‘tkazilgan auksion savdosida ushbu mulk 318,9 mln. so‘mga sotilgan bo‘lib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdorning 10 ta ishchilar oldidagi 221,5 so‘m qarzdorligini qoplashga yo‘naltirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar