
Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudining qarori asosida, poytaxtdagi davlat tashkilotlaridan birining katta miqdordagi qarzdorligi tadbirkorlar foydasiga majburiy tartibda undirib berildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ma’lum qildi.
Ish tafsilotlariga ko‘ra, joriy yilning 6 aprel kuni byuro bo‘limi ish yurituviga ikki tadbirkorlik subyekti – "M.S." MCHJ va "E.A.T." MCHJ foydasiga jami 3 mlrd 212 mln 979 ming 219 so‘m miqdorida qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro hujjatlari kelib tushgan.
Qarzdor tashkilotga sud tomonidan qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun 15 kun muddat berilganiga qaramay, tashkilot ushbu muddat davomida majburiyatlarni bajarmagan.
Shundan so‘ng, qarzdorga nisbatan majburiy ijro harakatlari boshlandi. Bunda korxonaga tegishli mol-mulklarni aniqlash maqsadida vakolatli davlat idoralariga so‘rovnomalar yuborildi. Natijada, tashkilot nomiga rasmiylashtirilgan bir necha turdagi ko‘chmas mulklar va avtotransport vositalari aniqlanib, ularning barchasiga taqiq qo‘yildi. Bundan tashqari, korxonaga tegishli transport vositalariga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Majburiy ijro jarayonida korxonaga tegishli umumiy balans qiymati 5,5 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 7 turdagi avtotransport va maxsus texnikalar xatlanib, band qilingan.
Natijada, qarzdor korxona o‘z mol-mulkini saqlab qolish maqsadida tadbirkorlarga umumiy hisobda 3,2 mlrd so‘m mablag‘ni o‘tkazib bergan. Shu tariqa, majburiy ijro ishi to‘liq amalga oshirilgan va ish amalda tugallangan.
Toshkent ShaharMajburiy IjroQarzdor KorxonaTadbirkorlar FoydasiDavlat TashkilotlariIqtisodiy Sud O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing