date
views 40

Muhtoj onaga aliment pullari undirib berildi

Muhtoj onaga aliment pullari undirib berildi
Oilalarning buzilishi ko‘pincha bolalar ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Ayrim ota-onalar farzandlari moddiy ta’minotiga yetarli darajada e’tibor qaratmaydilar.

Yaqinda ana shunday holatlardan birida Majburiy ijro byurosi xodimlari muhtoj onaga 14 million so‘mdan ortiq aliment pullarini undirib berishdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroriga ko‘ra, I.S. dan voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun F.N. foydasiga aliment undirilishi belgilangan edi. Ammo, ota aliment to‘lashdan bosh tortgan va qarzdorlik 14 million so‘mga yetgan.

Davlat ijrochisi, profilaktika inspektori va mahalla faollarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari tufayli qarzdordan to‘lov undirildi va muhtoj onaga topshirildi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan bolalarning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muhtoj onaga aliment pullari undirib berildi