Qirg‘izistonda hanuzgacha qadimiy odatlardan biri – qiz olib qochish mavjud bo‘lib, mamlakatdagi nikohlarning beshdan biri aynan shu yo‘l bilan amalga oshar ekan. Bunday ma’lumotlar Qirg‘izistonda o‘tkazilgan "Genderning jamiyat tomonidan qabul qilinishi" deb nomlangan tadqiqot davomida olindi. Bu haqda 24.kg sayti yozmoqda.
"Ayollarni ularning roziligisiz olib qochish orqali nikoh qurish butun mamlakat bo‘ylab oz yoki ko‘p darajada kuzatiladi: Bishkekda 2 foizdan Norin viloyatida 21 foizgacha. Ko‘pincha o‘rta ma’lumotga ega yoki umuman ma’lumotga ega bo‘lmagan qizlar hamda nochorroq oilalar farzandlari o‘g‘irlanadi. Bunday holat qishloqlarda shahardan deyarli ikki marotaba ko‘proq yuz beradi", deyilgan hujjatda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qiz olib qochish qadimda kam uchragan, biroq hozir ommalashib ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolning roziligisiz majburiy nikoh qurishlar Norin, Issiq-ko‘l va Talas viloyatlarida keng tarqagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi