
Mashhur xonanda Munisa Rizayeva o‘z uyida qanday muhit hukmron ekanligi, xizmatchilar bilan munosabati va shaxsiy tamoyillari haqida samimiy fikr bildirdi. Xonanda ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suhbat davomida uyida necha kishi ishlashi, ular bilan qanday munosabatda ekanini ochiq aytdi.
“Bu bizning oshxonamiz, bu yerda ovqat tayyorlanadi”
Suhbat davomida Munisa Rizayeva:
“Bu bizning oshxonamiz, bu yerda ovqat tayyorlanadi”, — deb, kameraga oshxonasini ko‘rsatdi.
Undan “Nechta oshpaz bor?” degan savol so‘ralganda, u shunday javob berdi:
“Uyimizda 2 ta oshpaz bor. Ular navbat bilan ishlashadi — bir kundan almashishadi. Shuningdek, 3 nafar bolaga qaraguvchi nyanka va 2 nafar umumiy uy xizmatchilari bor.”
“Ular uyimizda birga yashaydi, hammamiz bir oilamiz”
Xonanda xizmatchilar haqida juda samimiy fikr bildirdi:
“Ular shunchaki ishchi emas. Ular uyimizda birga yashaydi. Ular bizga qaraydi, biz esa ularni oilamiz deb bilamiz. Men hammani teng ko‘raman, birdek hurmat qilaman va yaxshi ko‘raman.”
“Yaqinmiz, lekin subordinatsiya bor”
Xizmatchilar bilan juda yaqin bo‘lgani so‘ralganda, Munisa Rizayeva: “Ha, yaqin bo‘lib ketganmiz".
“Bu minus emasmi?” degan savolga javoban:
“Ha, ba’zida bu minusga aylanishi mumkin. Lekin bizda subordinatsiya saqlanadi. Agar bu chegara buzilsa — xayrlashamiz.”
Zamin.uz tahririyati Munisa Rizayevaning mehnatkash jamoasiga nisbatan insoniy, samimiy munosabatini ijobiy baholaydi. Madaniyat va hurmat ustuvor bo‘lgan muhit har qanday katta shaxsiyatni yanada ulug‘laydi.
Xonandaning bu so‘zlari nafaqat muxlislarga qiziq, balki oiladagi ishchi-mulozimlarga bo‘lgan munosabatga ham ibrat bo‘ladi.
Munisa RizayevaXizmatchilar MunosabatiSamimiy FikrOshxonaYaqin MunosabatSubordinatsiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar