
Andijon viloyatida Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib, Damas'ga urildi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 12 may kuni soat 15:10 larda Andijon shahar Y.Otabekov, Mustaqillik hamda Boburshoh ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Mustaqillik ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan X.G. boshqaruvida bo‘lgan Equinox'da, Y.Otabekov ko‘chasidan kelayotgan Wolkswagen tez yordam avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, qatnov qismining chetida turgan Damas avtomashinasiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, avtomashinalar texnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar