
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 16 may kuni AQSHning Yuta shtati Senati a’zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ta’lim, biznesni rivojlantirish, ayniqsa, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda texnologiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar muhokama qilingan.

Silicon Slopes texnologiyalar hududi hamda Yuta shtati universitetlari bilan aloqalar o‘rnatishga katta qiziqish bildirilgan.
«Shuningdek, O‘zbekiston eksportchilari va Solt-Leyk-Siti shahridagi Jahon savdo markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildik.

Ishonchim komilki, bu mustahkam va o‘zaro manfaatli sheriklikning hali boshlanishi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Saida MirziyoyevaAQSH SenatiYuta shtatibiznes doiralaritadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashtexnologiyalar hamkorligiSilicon SlopesO‘zbekiston eksportchilariJahon savdo markazi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar