date
views 66

MIB: xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

MIB: xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bilamiz, odatda ota onalar bilan yig‘ilish yoki uchrashuvlar ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. Bu kabi uchrashuvlardan maqsad farzand ta’lim-tarbiyasi, uning bilim olish-u, yurish turishini tahlil etishdir.

Aynan bu kabi uchrashuvlarni keyingi yillarda turli sohalarda ham o‘tkazilayotgan albatta quvonarli hol. Sababi, kimnidir farzandi faoliyat olib borayotgan tizim, unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishtirish, ota onalar fikr mulohazalarini eshitishdir.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida ham muntazam ravishda xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish yaxshi an’ana tusini olgan.

Bu galgi tadbir ham buning uzviy davomi bo‘ldi. Uchrashuv-muloqotni boshqarma boshlig‘i B.Mirzaaxmedov ochar ekan, ota-onalarni boshqarmaga xush kelibsiz, deya tadbir mazmun-mohiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

– Sizlarni bunday yig‘ilishga taklif etishimizdan maqsad avvalo o‘g‘lingiz, qizingiz ishlayotgan idora, bu yerdagi sharoit, vazifa mas’uliyati va tartib-intizom bilan tanishtirish, ota-onalar bilan yaqindan muloqot qilishdir.

Tadbir davomida Majburiy ijro byurosi mas’ul xodimi D.Aripov so‘zga chiqib, halollik jamiyat rivojining asosiy mezonidir,deya ta’kidladi. Ayniqsa, Byuro organlari tizimida davlat va fuqarolar manfaatlari, sud va boshqa vakolatli organlaridan kelayotgan hujjatlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash, pirovardida adolatni muhitini qaror topshirish ustuvor vazifadir. Keyingi qisqa vaqt ichida tizim va unda faoliyat olib borayotgan xodimlar har tomonlama qo‘llab quvvatlanib, ijtimoiy himoya yanada kuchaytirildi, moddiy manfaatdorligi oshdi. Shundan kelib chiqib, buni qadriga yetib ishlash, lozimdir deya so‘zi davomida.

Shundan so‘ng, ishtirokchilariga maxsus videofilm namoyish etildi. Unda mehnat intizomi, qonunchilik holatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan, prokuratura organi degan sharafli kasbga dog‘ tushirgan ayrim sobiq hamkasblarning achchiq qismati haqida hikoya qilindi.

Tadbir davomida xodimlar va ularning ota-onalari so‘z olib, Byuro organlarida yaratib berilayotgan sharoitlar, ularga javoban faqat munosib ishlashi, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishlarini aytib o‘tdilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi