
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan, undiruvchi R.V.ni Xonqa tumanidagi korxonalardan biriga soqchi lavozimiga ishga tiklash va majburiy progul kunlari uchun 6.067.540 so‘m, da’vo arizasi kiritishda pochta xarajati 37.500 so‘m, 1.500.000 so‘m ma’naviy zarar, jami 7.605.040 so‘m undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Xonqa tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, MIB Xonqa tumani bo‘limi tomonidan undiruvchi R.V.ning korxonadagi lavozimiga ishga tiklanishi ta’minlandi.
Shuningdek, qarzdorning bank hisob raqamlariga band solinib, jami 7.605.040 so‘m ish haqi va ma’naviy zarar pul mablag‘lari qarzdorning hisob raqamlaridan undirilib, undiruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib berildi.
Fuqarolik IshlariUrganch TumaniXonqa TumaniIjro HujjatlariDavlat IjrochisiMajburiy IjroMa’naviy ZararBank Hisob RaqamiUndiruvchi R.V O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar