date
views 116

Yunusobod bozorida ichki ishlar xodimi pichoqlandi

Yunusobod bozorida ichki ishlar xodimi pichoqlandi
Internetda tarqalgan videoda, PPX xodimi savdo rastalari orasidan bo‘ynini ushlagancha yugurib kelgani, keyin to‘xtab, yerga yotgani, atrofdagilar unga yordamga shoshilgani ko‘rinadi.

Ichki ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, voqea 19 may kuni soat 18:30 larda, Yunusobod tumani IIO FMB post-patrul xizmati inspektori safdor I.Ibragimov bilan ro‘y bergan.

Yer osti tushish yo‘li oldida o‘tib ketayotgan fuqaro o‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgani sababli, xodim uni to‘xtatib tekshirayotgan vaqtida, fuqaro yonida bo‘lgan pichoq bilan to‘satdan xodimga hujum qilib, bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan.

Xodim tezkorlik bilan kasalxonaga yotqizilib, uning hayotini saqlab qolishga erishilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumondor shaxs ushlangan. Aniqlanishicha, u – 1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati Paxtakor tumani yashovchi Hasanov Akrom Tursunovich bo‘lib, 2005 yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turadi.

Yunusobod tumani prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov boshlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod bozorida ichki ishlar xodimi pichoqlandi