
Toshkent xalqaro aeroportida yana bir noqonuniy bojxona operatsiyasiga chek qo‘yildi. “Toshkent-AYERO” axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi aeroportning chegara bojxona posti xodimlari Myunxen yo‘nalishi bo‘yicha uchish arafasida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining yuklarini tekshirish jarayonida qimmatbaho buyumni aniqlashgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi o‘z yuklari orasida umumiy og‘irligi 104 gramm bo‘lgan, 750 probali sariq rangli tilladan yasalgan bir dona piyolani yashirincha olib o‘tishga uringan. Uning bozor qiymati 135 million 200 ming so‘mga teng ekani aytilmoqda.
Bojxonachilarning diqqatli nazorati tufayli ushbu buyum aniqlanib, fuqaro to‘xtatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bunday holatlar avval ham kuzatilgan
Mamlakatda bojxona chegarasidan noqonuniy yo‘l bilan yuk o‘tkazishga urinish holatlari muntazam aniqlanmoqda. Masalan:
- 31 yanvar kuni Farg‘ona viloyatida 483 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga urinish to‘xtatilgan;
- 10 fevralda Turkmanistondan 1,3 mlrd so‘mlik dizel yoqilg‘isini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirish urinishi bartaraf etilgan;
- 12 martda Buxoroda tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini Rossiyaga yashirincha olib chiqishga urinish fosh etilgan;
- 14 mart kuni “Sergeli” bojxona postida avto ehtiyot qismlari deb ko‘rsatilgan yuk ortida butun bir samosval aniqlangan.
Zamin.uz tahririyati bojxona chegaralaridagi qonuniylik va xavfsizlik masalalarini yoritishda davom etadi. Siz bunday holatlarga qanday munosabatdasiz?
Foto: “Toshkent-AERO” “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing