
Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “X.I.X.” MCHJdan undiruvchi “D.I.” MCHJ foydasiga 4,0 mlrd. so‘m asosiy qarz va 103,5 mln. so‘m foiz summasi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, qarzdor mazkur qarzni to‘lashligi yuzasidan ogohlantirilgan va 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “X.I.X.” MCHJning hisob raqamiga band solinib, inkasso topshiriqnomasi yuborilgan.
Shundan so‘ng, qazdor jamiyatdan ijro hujjatida belgilangan qarzdorlik to‘liq undirilib, mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan amalda tamomlandi.
Umrbek Abdullayev,
Byuroning Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi davlat ijrochisi
Byuroning Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi davlat ijrochisi
Shovot TumaniIqtisodiy SudMCHJ QarzdorIjro HujjatiUmrbek AbdullayevSud HujjatlariMajburiy IjroQo‘shko‘pir TumaniDavlat Ijrochisi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar