
Qonun ustuvorligi yuqori bo‘lgan davlatimizda o‘zganing mulkini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirayotgan shaxslarga o‘rin yo‘qligi va ularning qilmishlariga jazoning muqarrarligi bod-bod takrorlanayotgan bo‘lsa-da, firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalarning pullari va mol-mulklarini o‘zlashtirish holatlari uchrab turmoqda va bular orasida ayol kishilar ham afsuski, yo‘q emas.
Shunday holatlardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir etilgan bo‘lib, jinoyatchining aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan pul mablag‘lari Byuro organi tomonidan jabrlanuvchiga undirib berildi.
Aniqlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining hukmiga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a”-bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilgan K.M.dan jabrlanuvchi A.H.ning foydasiga 163 mln 327 ming so‘m miqdordagi zarar pullarini undirish belgilangan.
Ushbu hukm bo‘yicha chiqarilgan ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, qarzdorning mulkiy ahvoli o‘rganilganida, uning nomida faqatgina o‘zi yashab kelayotgan xonadon mavjudligi aniqlangan.
Shunga qaramasdan bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdorning yashash xonadoniga bir necha marotaba borilib, uydagi mol-mulklar ko‘zdan kechirilib ro‘yxatga olingan.
Shundan so‘ng, qarzdor fuqaro 163 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlikni naqd pul shaklida to‘lab bergan va davlat ijrochilaridan ijro ishini tugatishni so‘rab iltimosnoma bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar