
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi tomonidan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB foydasiga javobgar M.A.dan 1 089 311,33 AQSH dollari miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risida ijro varaqasi Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasiga kelib tushgan.
Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda ixtiyoriy ijro muddati berilgan hamda sud qarorini bajarmaslikning salbiy oqibatlari qarzdorga tushuntirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, qarzdorga tegishli baxosi 140,5 million so‘mlik Koegel S 24 rusumli yuk tirkamasi tegishli tartibda xatlovga olingan va elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga qo‘yilgan.
Joriy yilning 12 may kuni o‘tkazilgan auksion savdolarida avtotransport vositasi sotilgan va undan tushgan pul mablag‘i qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar