10:04 / 28.11.2016
7 125

Avtobus yo‘lovchisi mast haydovchining o‘rnini egalladi

Avtobus yo‘lovchisi mast haydovchining o‘rnini egalladi

Tallin – Riga yo‘nalishida qatnovchi avtobusdagi ayol yo‘lovchilardan biri mast holatda transport vositasini haydayotgani uchun hibsga olingan haydovchining o‘rnini egallashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 26 noyabrda Tartu – Pyarnu – Ikla trassasida yuz bergan. Polisiyada Latviya chegarasi tomon kelayotgan va keskin tormozlanib, avariyaviy holatlar vujudga keltirayotgan avtobus shubha uyg‘otgan.

Polisiyachilar avtobusni to‘xtatganlarida uning haydovchisi mast ekanini aniqlashgan va uni mashinani haydashdan chetlatishgan. Shunda yo‘lovchilardan biri, Triyn Kibur ismli ayol avtobusni haydashda yordam berishi mumkinligini aytgan. Ayolda avtobusni haydashga ruxsat beruvchi D toifadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan.

Polisiyachilar bunga qarshilik qilishmagan va ayol yo‘lovchilarni Latviya chegarasigacha eson-omon etkazib qo‘ygan. Biroq chegarada yo‘lovchilar baribir boshqa avtobusni bir necha soat kutishlariga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda avtobusga egalik qiluvchi kompaniya norozi yo‘lovchilardan ko‘plab tanbeh eshitgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtobus yo‘lovchisi mast haydovchining o‘rnini egalladi