date
views 163

Noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Noqonuniy qurilma bartaraf etildi
Majburiy ijro byurosi Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor fuqaro I.R. zimmasiga Yangihayot tumani, “Xushnud” MFYdagi qarzdorga tegishli xonadon manzili oldida joylashgan 252 kv.m. yer maydoniga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilgan, shuningdek, 252 kv.m. bo‘lgan qurilmalarni o‘z hisobidan buzish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Qarzdor fuqaro noqonuniy ravishda egallab olgan yer maydonini qonun talabi asosida ixtiyoriy ravishda o‘z holiga keltirmaganidan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi Q.Mardiyev tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma to‘liq buzilib, 252 kv.m. yer maydoni o‘z holiga qaytarildi.

Shu munosabat bilan ijro ishi ham tegishli tartibda tamomlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy qurilma bartaraf etildi