date
views 865

Yangi tartib: har bir taksichi o‘z viloyatida ishlashi shart

Yangi tartib: har bir taksichi o‘z viloyatida ishlashi shart
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar va xabarlar taksichilar orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Ularda, go‘yoki endilikda har bir haydovchi o‘z viloyatida taksi faoliyatini amalga oshirishi mumkinligi, Toshkentda esa faqat 01 raqamli avtomobil egalariga litsenziya berilishi ta’kidlangan.

Mazkur masalaga Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov aniqlik kiritdi va bu qoida yangilik emasligini qayd etdi. Ashurmatovga ko‘ra, 2011 yilda tasdiqlangan 139-sonli qaror bilan yo‘nalishli taksilar faoliyati qat’iy tartibga solingan. Qarorga muvofiq, haydovchi litsenziya kartochkasining o‘zida ko‘rsatilgan hududda, faqat ana shu joyda taksichilik qilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan edi. Ammo, ayni paytda, ushbu hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan va 2025 yilda qabul qilingan yangi qaror orqali ana shu talab yana o‘z tasdig‘ini topgan.

Vazirlik vakili ta’kidlashicha, endi har bir taksi haydovchisi litsenziyasida ko‘rsatilgan hudud va unga tutash tumanlarda faoliyat yuritishi mumkin. Masalan, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan, davlat raqam belgisi “01” bilan boshlanuvchi transport vositalari Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududlarida qonuniy ravishda taksi xizmatini ko‘rsata oladi. Viloyatlarda ham xuddi shu qoida amal qiladi — har bir viloyat haydovchisi o‘z hududi va unga tutash mintaqalarda ish olib borishi mumkin.

Bunday chora, mamlakatda transport xizmatlarini tizimli va shaffoflashtirish, yo‘lovchilar xavfsizligi hamda raqobat muhitini sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Endilikda “boshqa viloyatga borib, u yerda ishlayman” degan o‘ylar o‘rniga, haydovchilar har kim o‘z joyida xizmat ko‘rsatishi zarur bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, bu o‘zgarishlar ko‘pchilik haydovchilar uchun noqulay tuyulishi mumkin, biroq transport sohasini modernizatsiya qilish va fuqarolar manfaatini himoyalash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi tartib: har bir taksichi o‘z viloyatida ishlashi shart