
Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Shayxontoxur tumanlararo sudining 24.04.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “P.G.” MCHJdan undiruvchi fuqaro A.X. foydasiga jami 302 mln. 608 ming so‘m kafolat badali (ish haqi) undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 10.06.2025 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ijro ishi bo‘yicha undiruvchi fuqaro bilan suhbat davomida, uning so‘ziga ko‘ra, MCHJning kelishuvi bilan qurilish ishlarida ishlagan, biroq 2 yil davomida tadbirkor fuqaroga ishlagan kunlari uchun kelishilgan ish haqlarini to‘lab bermagan. Fuqaro esa o‘z navbatida tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan, ish sudda ko‘rib chiqilib, fuqaro foydasiga kafolat badali undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Xo‘jayev tomonidan mazkur ijro hujjati bo‘yicha ijro ishini qo‘zg‘atish bo‘yicha qaror qabul qilinib, tomonlarga yuborilgan.
Qarzdor tadbirkorga qarzdorlikni to‘lash uchun berilgan ixtiyoriy muddat ichida ish haqi pullari qoplanmagan.
Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor MCHJga tegishli bo‘lgan hisob raqamlariga band qo‘yilgan.
Joriy yilning 16 iyun kuni qarzdor MCHJning hisob raqamiga qo‘yilgan inkassa topshiriqnomasi orqali hisob raqamda mavjud pul mablag‘laridan 302 mln. 608 ming so‘m kafolat badali bo‘lim depozit hisob raqamiga to‘liq undirilib, ish haqi hisoblangan mablag‘ 18.06.2025 yilda undiruvchi fuqaro foydasiga o‘tkazib berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar