
Fermer xo‘jalikdan jami 20 million 755 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan, Majburiy ijro byurosining Narpay tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Qarzdor fermer xo‘jaligiga ijro hujjati asosida qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun belgilangan muddat berilgan bo‘lib, ushbu muddat ichida qarzdorlik to‘lanmagan.
Shu sababli, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishildi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor fermer xo‘jaligi tasarrufida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Hozirda mazkur avtotransport vositasini Majburiy ijro byurosining Narpay tuman bo‘limi tomonidan elektron onlayn auksion savdosiga chiqarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar