Yangihayot tumanida ochiq maydonda yong‘in yuzaga keldi

Yangihayot tumanida ochiq maydonda yong‘in yuzaga keldi
9 iyul kuni soat 15:48 da Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Chortog‘ ko‘chasida joylashgan ochiq hududda quruq o‘t va chiqindilar yongani haqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.

Tezkorlik bilan yong‘in-qutqaruv guruhlari belgilangan joyga soat 15:55 da yetib borishdi va kelib chiqqan yong‘in soat 16:15 da to‘liq bartaraf etildi.

Xodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Mutasaddilar tomonidan holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar