Kredit mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda yuzaga kelgan qarzdorlik sud tartibida Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan undiriladi.
Bunday holatda qarzdor bank oldidagi qarzini to‘lay olmayotgan paytda unga qo‘shimcha ijro yig‘imi va jarimalar qo‘llanilishi mumkin. Shu sababli fuqarolardan olingan kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarib borgani ma’qul bo‘ladi.
Aynan shunday holatlardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir bo‘ldi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining qaroriga asosan qarzdor korxonadan "O‘zsanoatkurilishbank" ATB Nukus filiali foydasiga 180.6 mln. so‘m undirish, undiruvni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan “TRAVERSE” rusumli avtomashinaga qaratish belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida bo‘lgan “TRAVERSE” rusumli avtotransport vositasi qarzdor korxona joylashgan manzilida aniqlanmaganligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan..
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlaridan birida qarzdorga tegishli avtomashina qarzdor korxona boshlig‘ining yaqin tanishining uyidan topilgan va shu kuning o‘zida avtomashina tegishli tartibda xatlovga olinib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Kelgusida ushbu avtomashina elektron-onlayn auksion savdo maydonchasi orqali sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qo‘llanilgan ijro yig‘imi va qarzdorning bank oldidagi qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.
Qidiruvdagi TRAVERSE qarzdorning tanishini uyida ekanligi aniqlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar