
Samaraning «Kurumich» aeroportida 8 dekabr kuni soat 3:00 da «Kiev – Olmaota» yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Airbus A-319 samolyoti favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qildi "Kun.uz" nashri.
Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyotda 50 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Kuybishev transport prokurori o‘rinbosari Darya Kalinichevaning xabar berishiga ko‘ra, samolyot Samarada mast holatda bo‘lgan yo‘lovchi sabab 2,5 soat qolib ketgan. U olib chiqilgach, layner belgilangan yo‘nalish bo‘yicha parvozni davom ettirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi samolyot bortida o‘z rafiqasi bilan janjallashib, uni urgan. Layner ekipaji esa Samarada favqulodda qo‘nish haqida qaror qabul qildi. Mast tartibbuzar polisiya bo‘linmasiga olib ketildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar