Daniyada yashovchi David Lyusgor Amerikaning Apple kompaniyasiga qarshi sud ishida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda "Kun.uz" nashri ma’lum qildi.
Glostrup okrug sudi Apple kompaniyasi iste’molchiga yangi iPhone qurilmasi o‘rniga qayta tiklangan smartfonni sotgani uchun mahalliy qonunchilikni buzgan deb hisoblab, hukm chiqardi.
Lyusgorning Apple kompaniyasi bilan kurashi 5 yil davom etdi. 2011 yilda u kompaniya saytidan 4,4 ming Daniya kroniga (taxminan 626 dollar) iPhone 4 qurilmasini xarid qilgan. Apple telefonni almashtirib berishga rozi bo‘lgan, biroq mijozga zavoddan yangi chiqqan model o‘rniga "yangi qurilmadek yaxshi holatda bo‘lgan" qayta tiklangan iPhone taqdim etilgan.
Lyusgor oktyabr oyida bergan intervyusida ikkinchi qurilma yaxshi ishlaganini tan olgan. Shunday bo‘lsa-da, unga avval iste’molda bo‘lgan detallardan yasalgan telefon berilganligi yoqmagan. Uning shikoyati dastlab iste’molchilar shikoyatini o‘rganuvchi idorada ko‘rib chiqilgan, keyin esa sudgacha etib borgan.
9 dekabr, juma kuni sud Lyusgorni yoqlab hukm chiqardi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi