14:54 / 10.12.2016
6 463

Shvarsenegger Trampning prezidentlik bilan birga prodyuserlik qilish fikrini qo‘llab-quvvatladi

Shvarsenegger Trampning prezidentlik bilan birga prodyuserlik qilish fikrini qo‘llab-quvvatladi

Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger AQShning yangi prezidenti Donald Trampning NBC kanalida namoyish etiladigan The Celebrity Apprentice realiti-shousida ijrochi prodyuser vazifasini bajarishini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Ko‘rsatuvda Arnold Shvarseneggerning o‘zi boshlovchilik qiladi.

Ilgari Tramp prezident bo‘lib saylanganiga qaramay, realiti-shouning ijrochi prodyuseri vazifasida qolishi haqida xabar berilgandi. Tramp 2004 yildan beri mazkur ko‘rsatuvning ijrochi prodyuseri va boshlovchisi vazifasini bajarib kelgan. Shouning reytingi yuqori bo‘lib, uch marotaba “Emmy” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Shvarsenegger buni “shunchaki biznes” deb atadi, chunki uning o‘zi ham Kaliforniya shtati gubernatori vazifasida ishlayotganda “Terminator” filmi uchun gonorar olgan. U Trampning o‘rniga boshlovchilik qilish gardaniga “yuksak mas’uliyat” yuklashini ma’lum qildi.

Oktyabr oyida Shvarsenegger respublikachilar tomonidan prezidentlikka nomzodi qo‘yilgan Donald Trampni saylovda qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shvarsenegger Trampning prezidentlik bilan birga prodyuserlik qilish fikrini qo‘llab-quvvatladi