14:29 / 12.12.2016
6 300

Xitoyda hisobchi o‘margan 240 ming dollarini strimerlarga sovg‘a qilib yubordi

Xitoyda hisobchi o‘margan 240 ming dollarini strimerlarga sovg‘a qilib yubordi

Xitoyning Suchjou shahrilik hisobchi hujjatlarni soxtalashtirib, tashkilot kassasidan mablag‘larni o‘margan. Buni u keyinchalik sevimli strimerlari elektron hisob raqamlariga o‘tkazish uchun amalga oshirdi. Ni familiyalik 27 yoshli ayol hammasi bo‘lib 227 ming dollar o‘g‘irladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ni strimlar ko‘rishni yoqtirgan. U erda esa pul yoki boshqa mukofot evaziga videoblogerlar kamera oldida tomoshabinlarning turli iltimos va xohishlarini bajarishadi. Xitoylik ayol 2015 yilda davlat tashkilotiga hisobchi lavozimiga ishga kirgan. Bunga qadar esa videoblogerlar orasida bir necha sevimli qahramonlarga ega bo‘lib ulguradi va tashkilotdan o‘marilgan pullarni ularga berishni boshlaydi.

Oxir-oqibat polisiya Nini qo‘lga oldi. Sud xitoylik ayolni besh yillik qamoq va 49 ming dollarlik jarima jazosiga mahkum etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda hisobchi o‘margan 240 ming dollarini strimerlarga sovg‘a qilib yubordi