Toshkent shahrida yashovchi fuqaro M.M. o‘zini boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtotransport vositasini Yunusobod tuman hududida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda boshqarganligi YHXBB xodimlari tomonidan aniqlanib, unga nisbatan mamuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Fuqaroga nisbatan JIB Yunusobod tuman sudining qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, qarzdor M.M.dan BHMning 40 baravari, ya’ni 15.000.000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima summalarini davlat foydasiga undirilishi belgilangan. Mazkur ijro ishi 05.08.2025 yil kuni Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi 1-Tumanlararo bo‘limi davlat ijrochisi A.Abdumalikovning ish yurituviga kelib tushgan.
Qarzdor erkak tegishli hujjatlarsiz, mast holatida avtoulovni boshqargan. Tungi soatlarda YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan va o‘rganilganda haydovchi spirtli ichimlik ichgani aniqlangan. Shundan so‘ng, holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga oshirilgan.
Sud qaroriga asosan, fuqaro M.M.ga nisbatan 3 yil muddatda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan tayinlangan 15.000.000 sum ma’muriy jarima summasi o‘tgan vaqt mobaynida qarzdor erkak tomonidan to‘lanmaganidan so‘ng, ish Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushgan.
Xususan, ijro ishi bo‘yicha qarzdorlikni undirish choralari davomida, fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 43¹-moddasi oltinchi qismiga asosan 5 kunlik muddatda jarima summasini to‘lash kerakligi, hamda ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan muddatda davlat ijrochisining talablarini bajarmagan taqdirda unga nisbatan ijro yig‘imi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida 05.08.2025 yilda qarzdor fuqarodan davlat foydasiga 15.000.000 so‘m ma’muriy jarima to‘liq undirilib, ijro hujjati amalda tamomlangan.
Tegishli hujjatlarsiz va yana mast holda, avtoulov boshqarish qimmatga tushdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar