date

Qizaloq aliment pullari hisobiga o‘quv qurollari sotib olmoqchi

Qizaloq aliment pullari hisobiga o‘quv qurollari sotib olmoqchi
Farg‘onada oilaviy qadriyatlarning kuchliligi va bolalarning kelajagi yo‘lida ota-onalar fidoyiligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Yaqinda amalga oshirilgan samarali huquqiy tadbir natijasida, qarzdor Q.Q.dan undirilishi lozim bo‘lgan 11.586.000 so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligi to‘liq undirib berildi.

Ushbu ijobiy natija, nafaqat davlatimizning ijro tizimidagi samaradorligini ko‘rsatibgina qolmay, balki har bir oilaning eng muhim ehtiyojlaridan biri bo‘lgan bola ta’minotining qonuniy kafolatlanishini ham ta’kidlaydi.

Ayniqsa, yangi o‘quv yili boshlanishiga ham oz fursat qolgan bir paytda, bunday moliyaviy yordamning o‘z vaqtida yetib kelishi, bolalarning o‘qishga tayyorlanishlari uchun katta imkoniyat yaratdi.

Otasidan olgan aliment pullari hisobiga o‘quv qurollari, maktab formasi va boshqa zaruriy buyumlarni sotib oladigan bo‘ldi. Bu holat, alimentning nafaqat majburiyat, balki bola tarbiyasi va kamoloti yo‘lidagi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizaloq aliment pullari hisobiga o‘quv qurollari sotib olmoqchi