date

Yosh kelinning to‘y sepi qonun yo‘li bilan qaytarildi

Yosh kelinning to‘y sepi qonun yo‘li bilan qaytarildi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida istiqomat qiluvchi yosh kelinning to‘yda olib kelgan qimmatbaho sep anjomlari yana o‘z sohibasiga qaytarildi.

Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga kelib tushgan ijro hujjatiga ko‘ra, undiruvchi D.M. manfaati yo‘lida qarzdor S.M. tomonidan kelinlikka berilgan barcha mol-mulkni qaytarish belgilangan.

Hujjatda 44 turdagi buyumlar ro‘yxati mavjud bo‘lib, unda turli to‘y kiyimlari, maishiy texnika vositalari, oshxona anjomlari va uy jihozlarigacha yozilgan. Ijro jarayonida byuro xodimlari ushbu buyumlarni aniqlab, hujjatda ko‘rsatilgan holda egasiga topshirishni ta’minladi.

Byuro vakillarining sa’y-harakatlari tufayli kelinning uzatuvda olib kelgan barcha jihozlari, kiyim-kechaklari va anjomlari yana o‘z xonadondagi o‘rnini topdi. Mahalliy fuqarolarning aytishicha, bu voqea adolat va qonun ustuvorligi yorqin namunasi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yosh kelinning to‘y sepi qonun yo‘li bilan qaytarildi