14:21 / 16.12.2016
10 408

Samarqandda eshak go‘shtidan taom tayyorlab sotilgan bo‘lishi mumkin (Foto va Video)

Samarqandda eshak go‘shtidan taom tayyorlab sotilgan bo‘lishi mumkin (Foto va Video)

Samarqandda so‘nggi paytlarda eshaklar bilan bog‘liq bir qancha mish-mishlar avj oldi. Bu holatga xalq orasida “eshaklar qabristoni” haqida gap-so‘zlar tarqalgani ayniqsa ta’sir ko‘rsatdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2016 yilning 5 dekabr kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Samarqand shahri “Ozod Sharq” ko‘chasi 37-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro R.Tedeev murojaat qilib, Samarqand shahri Xishrav qo‘rg‘oni hududida joylashgan shahar tashqarisidagi markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida ommaviy tarzda yirik shoxli hayvonlarning jasadlari va turli qoldiqlari tashlab yuborilganligini hamda mazkur holat o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning epidemiyasiga olib kelishi mumkinligini bayon etgan.

Mazkur holat joriy yil 6 dekabrida jurnalist Toshro‘lat Rahmatullaevning feysbukdagi sahifasida ham yoritilgan.

Murojaat yuzasidan viloyat hokimi boshchiligida DSENM bosh vrachi, tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi, veterinariya, favqulodda vaziyatlar, er resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari, Samarqand tumani hokimi hamda masalaga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida voqea joyi borib o‘rganildi. Bu erda ko‘p miqdorda eshak jasadlari, suyaklari hamda ular atrofida daydi itlar, mushuklar va yovvvoyi qushlar borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, suv havzasi yaqinida qo‘lbola usulda loydan uylar va turli binolar qurilgan bo‘lib, suyaklarni kuydirish uchun mo‘ljallangan qo‘lbola pech, suyak maydalovchi yasama tegirmon borligi kuzatildi.

Hududdagi nobarqaror sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash hamda aholi va hayvonlar o‘rtasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning ommaviy ravishda tarqalib ketishining oldini olish maqsadida viloyat hokimi raisligida masalaga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Samarqand shahri Xishrav qo‘rg‘oni hududida joylashgan shahar tashqarisidagi markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasidagi holat atroflicha muhokama qilinib, yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigienik vaziyatning sodir etilishiga yo‘l qo‘yganligi va ushbu holatni oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rmaganligi uchun tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. Shuningdek ularga tuman bo‘limi rahbarlarini egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi masalasini ko‘rib chiqish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilish qaroriga asosan shuningdek, chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigienik vaziyatni qayta o‘rganib chiqish va tegishli tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tashkil qilindi. Natijada Xishrav qo‘rg‘onidagi suv akvatoriyasi va uning atrofida to‘planib qolgan hayvonlar jasadlari va suyak qoldiqlari veterinariya-sanitariya me’yori talablari asosida utilizasiya qilindi. Akvatoriyadagi suv chuqur laboratoriya tahlilidan o‘tkazilib, atrofda dezinfeksiya va zararlantirish ishlari olib borildi. Hududni barcha noqonuniy qurilma va bino inshootlardan tozalash hamda kelgusida aniq shaxsga ijaraga berib, obodonlashtirish reja-tadbiri tasdiqlandi.

Ma’lum qilinishicha, ishchi guruhi viloyatdagi barcha suv havzalari, shahar chiqindixonasi atrofini xatlovdan o‘tkazib, fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarga barham berish choralarini ko‘rmoqda.

Xabarda aytilishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Xishrav qo‘rg‘onidagi suv akvatoriyasi va uning atrofida holatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlarini olib borilib, aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilmoqda. Hududda jamoat tartibi va “pasport-viza” rejimiga rioya etilishini nazorat qiluvchi doimiy guruh faoliyat olib borayapti.





arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda eshak go‘shtidan taom tayyorlab sotilgan bo‘lishi mumkin (Foto va Video)