Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlagan choyxona rahbari jazolandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shu mazmundagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, holat Ekologiya boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish davomida choyxonada chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlanayotgani aniqlanmagan.
Choyxona rahbaridan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holat yuzasidan tushuntirish so‘ralganda, videolavhadagi holat ilgari mijozlar sonini ko‘paytish maqsadida olingani ma’lum bo‘lgan. Choyxona rahbari hozir chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlash holatiga yo‘l qo‘yilmayotganini aytgan.
Ta’kidlanishicha, choyxona rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 63-moddasi (G‘ayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 4 mln 120 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!