date

MIB: Urgutda bank garovga olgan Lacetti avtomashinasi xatlandi

MIB: Urgutda bank garovga olgan Lacetti avtomashinasi xatlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “A.X.”dan undiruvchi “Tenge Bank“ ATB foydasiga jami 15 799,2 ming so‘m kredit qarzdorligi undirish belgilangan.

Undiruv garovga qo‘yilgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositalariga qaratish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Urgut tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, ijro harakatlariga kirishilgan hamda qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “A.X.” davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat o‘tganligi sababli, garovga qo‘yilgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi xatlangan.

Qarzdorlik bartaraf etilmasa, elektron onlayn-auksion savdolarini tashkil etish markazi tomonidan sotuvga qo‘yiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Urgutda bank garovga olgan Lacetti avtomashinasi xatlandi