Joriy yilning 12-sentyabr kuni tunggi soat 00:45 lar atrofida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2008-yilda tug‘ilgan B.J. haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda va davlat raqam belgilarisiz Spark avtomashinasini boshqarib harakatlangan. U Bunyodkor ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasiga yo‘nalishini keskin o‘zgartirib, uchinchi qatordan birinchi qatorga burilganda o‘z yo‘nalishida harakatlanayotgan YPX xodimi boshqaruvidagi Lacetti xizmat avtomashinasi bilan to‘qnashdi.
Hodisa natijasida ikki avtomashina haydovchilari ham jabrlandi. Biroq ularga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatildi va og‘ir tan jarohati olganlar qayd etilmadi.
Ayni paytda ushbu voqea yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bu kabi hodisalar yo‘l harakatida mas’uliyatning naqadar muhimligini yana bir bor eslatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!