date

Yashirilgan “KIA K5” avtomobili boshqa hududdan topildi

Yashirilgan “KIA K5” avtomobili boshqa hududdan topildi

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudining 07.07.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqarodan undiruvchi “Asakabank” AJ foydasiga 265 mln. 435 ming so‘m undirish, undiruvni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan qarzdorga tegishli “KIA K5” rusumli transport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 09.07.2025 yilda kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” Qonunining 23-moddasiga asosan ijro yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga 5 kunlik ixtiyoriy muddat belgilangan. Qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garovdagi “KIA K5” avtouloviga nisbatan 17.07.2025 yilda qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘basi inspektori D.Yo‘ldoshev tomonidan 03.09.2025 yilda amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida, qidiruvdagi transport vositasi qarzdor yashaydigan hudud yaqinidagi boshqa mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uy yaqinida yashirib qo‘yilgani aniqlangan.

Ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi tomonidan maxsus texnika vositasi (evakuator) yordamida profilaktika inspektori va xolislarni jalb etgan holda, undiruvchi bankning ishtirokida garov mulki xatlandi, vaqtincha saqlash uchun undiruvchining maxsus avtoturargohiga joylashtirildi. Hozirda xatlangan transport vositasini auksion savdolari orqali realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Shaxriyor Fayziyev,
Byuroning boshqarma katta inspektori

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashirilgan “KIA K5” avtomobili boshqa hududdan topildi