Jizzax viloyatida soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning oshib ketishi davlat byudjeti hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Soliqlarni undirish esa eng qadimgi va muhim vazifalardan biri bo‘lib, davlatchilikning barqarorligini ta’minlashning asosiy shartlaridan sanaladi.
Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulkidan soliq qarzini undirishga oid qarorlari asosida “B.H” MCHJdan ijro hujjatlari bo‘yicha umumiy 324 000 000 so‘m miqdoridagi soliq qarzi undirish bo‘yicha ijro varaqalari Byuroning Sharof Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning hisob raqamlari band qilingan hamda barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilgan. Bu choralar qarzdorlikning bartaraf etilishi uchun amalga oshirilgan muhim qadamlardan biri sanaladi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli va hozirga qadar ishga tushmagan Metan zapravka binolari va inshootlari xatlandi. Bu davlat ijro tizimi tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy nazoratning samarali misoli sifatida ko‘rsatilmoqda.
Agar qarzdorlik to‘liq bartaraf qilinmasa, mazkur mulk vositasi auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘lar soliq qarzi va boshqa majburiy to‘lovlarga yo‘naltiriladi. Bu yo‘l orqali davlat byudjetining barqarorligi ta’minlanishi va soliq to‘lovlariga mas’uliyatni kuchaytirish maqsad qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!