Rossiyalik millioner 123 yoshdan oshgan odamga 1 mln dollar to‘laydi

Rossiyalik millioner, Gongkongning Deep Knowledge Ventures venchur fondi hamkori Dmitriy Kaminskiy 123 yildan ortiq yashay olgan odamga 1 mln dollar miqdorida mukofot to‘lashini aytdi.
gazeta.ru saytining ma’lum qilishicha, uzoq yashash bo‘yicha rasmiy jahon rekordi fransiyalik Janna Kalmanga tegishli: u 122 yil 6 oy yashagan. Kaminskiyning fikricha, bu rekordni hali yangilash mumkin.
“Agar birorta yangi rekord qo‘ymasa, jamiyatimiz uzoq yashash haqida o‘ylamaydi. Agar bu sohaga ham raqobat kirib kelsa, talab ham oshadi”, – deb o‘z qarorini tushuntirib o‘tdi tijoratchi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing